E`lonlar

Yoshlar va kitobsevarlar diqqatiga!
🔘Tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan
“Ziyo sari bir qadam”
nomli kitobxonlik tanlovi e’lon qilinadi!
🟣Tanlov nizomi (https://t.me/Axborotkutubxonamarkazikanali/32349)
✨ Agar siz:
- Kitob o‘qishni sevsangiz,
- O‘z fikringizni erkin va ravon bayon qila olsangiz,
- Ijodkorlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz!
✔️Unda sizni ushbu tanlovga taklif qilamiz!
⚡️ Tanlov davomida ishtirokchilar:
✅Sevimli asarini sharhlaydi
✅Tezkor savollarga javob beradi
✅Hikoya yaratadi
✅O‘z iste’dodini namoyon etadi.
✅ Ushbu tanlov 8-9-10-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladi
🏆 G‘oliblar diplom, esdalik sovg‘alari va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanadi!
😀 Saralash bosqichi: 3-4-5-mart kunlari
⭐️ Final bosqichi: 10-mart kuni
😀 Manzil: Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi
😀 Ziyoga intiling! Kelajakka bir qadam tashlang!

Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi ma’muriyati
📚 “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasini e’lon qiladi!
Agar o‘qib bo‘lgan yoki hozir foydalanmayotgan kitoblaringizni kutubxonamizga sovg‘a qilishingiz mumkin.
Sizning bu ezgu ishingiz boshqalarga ibrat bo‘ladi. Hadya qilingan har bir kitob ko‘plab kitobxonlarga manfaat keltiradi. Kitoblar javonlarda chang bosib yotmasdan, kitobxonlar qo‘lida o‘qilishini istaymiz.
Aksiyamizda faol ishtirok eting va eng ko‘p kitob hadya qilgan ishtirokchilardan biriga aylaning!
Barchangizni ushbu xayrli tashabbusda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

DIQQAT E'lON!!
🟣Joriy yilning 6-fevral kuni soat 10:00 da Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Ona va bola” shiori ostida “Ona, bola va kitob — ma’naviyat beshigi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.
📚 Ushbu tadbir doirasida Axborot-kutubxona markaziga barcha kitobxon onalar va bolalarni taklif etamiz!

Faol kitobxonlar diqqatiga Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkaziladi. Viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2026-yil 23-yanvar kuni soat 16:00 da Axborot kutubxona markazi telegram (https://t.me/onlinesearchbook) guruhida online tarzda bo'lib o'tishini maʼlum qilamiz.. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi online diplom bilan taqdirlanadi.

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kitob taqdimoti boʻlib oʻtadi. Barchangizni ushbu taqdimotda ishtirok etishga taklif qilamiz. Taqdimot 2026-yil 21-yanvar soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.
📚Kitob nomi: Yulduzli tunlar
✍️Muallif: Pirimqul Qodirov
📕Janr: Tarixiy roman
📆 📗
Kitob haqida qisqacha:
“Yulduzli tunlar” — o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Roman Boburning bolaligi, siyosiy kurashlari, orzulari va Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan davrini badiiy yoritadi.

DIQQAT E`LON!
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda G'.G'ulom mahallasining ijtimoiy tarmoqlarida "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkazilishi rejalashtirilgan.Viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2026-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. G'.G'ulom mahallasining telegram (https://t.me/Gofur_Gulom_MFY) guruhida online tarzda bo'lib o'tadi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi diplom bilan taqdirlanadi.
🔜 Viktorina bo'lib o'tadigan vaqt:
Bugun soat 15:00 da.

DIQQAT TANLOV!
"Mutolaa sardorlari" ishtirokida “Zukko kitobxon” tanlovi joriy yilning 27-dekabr kuni Yoshlar shaharchasini ochilishi munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida tashkil qilinadi.
🔘Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashadilar.
1. Kitob taqdimoti ( 3 daqiqa )
2. Tezkor savol-javob ( 5 ta savol )
3. Bu persanoj qaysi asarda uchraydi. (1 ta)
🔘Tanlov yakunida gʻolib ishtirokchilar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdiralandilar.
🔘Tanlov Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
🔘Barchaga omad tilaymiz.

DIQQAT TANLOV!
🔔"Matbuot va media" sardorlari ishtirokida tanlov
⏩ Tanlov ishtirokchilari “Mening sevimli kitobim” mavzusida kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli 1 ta videorolik tayyorlashi kerak boʻladi.
⏰ Video davomiyligi 3 daqiqadan oshmagan boʻlishi kerak.
📍Tanlov joriy yilning 27-dekabr kuni "Yoshlar shaharchasi" ochilishi munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida tashkil qilinadi.
🔘Tanlovga tayyorlangan eng yaxshi videoroliklardan 3 tasi tanlab olinib, gʻolib ishtirokchilar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
👤Tanlov Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Barchangizga omad tilaymiz!

DO'STLIK TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO'LIMI
🔰Aziz kitobxon yoshlar. Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichiga start berildi.
🔰"Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichi test shaklida o'tkaziladi.
Hali ham ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz @yoshkitobxon_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
🔰Tanlovninig mahalla bosqichi 3-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.
📍Tanlov bo'yicha savollaringiz bo'lsa mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

Infolib haftaligi doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi telegram guruhida videochat orqali "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorina o'tkaziladi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi online sertifikat bilan taqdirlanadi.
⏩ Videochat bugun 13-noyabr soat 16:00 da telegram guruhida (https://t.me/onlinesearchbook) oʻtkaziladi. Barchani faollikka chorlab qolamiz.


DIQQAT E`LON TANLOV.
Yana bir ajoyib yangilikni sizlarga yetkazib qo'ymoqchimiz.Joriy yilning 15-noyabr kunlari oralig'ida Do'stlik tumani Yoshlar shaharchasidagi Axborot-kutubxona markazida "ZUKKO KITOBXON" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.Tanlovda tumanlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar A.Qodiriyning "O'tkan kunlar",Jek Londonning "Hayotga muhabbat" nomli asarlaridan tuzilgan 3ta shart asosida bellashadilar.Shartlar quyidagicha:
1-shart: "Buyuk mutafakkir va adib".
2-shart: "O'zbek adabiyoti bilimdoni".
3-shart: "Jahon adabiyoti bilimdoni".
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!


Infolib haftaligi doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda A.Navoiy mahallasining ijtimoiy tarmoqlarida "Kim? Nima? Qachon? Qayerda?" nomli intellektual online viktorinaga barcha yoshlarni va fuqarolarni taklif qilamiz. Viktorina 2025-yil 10-noyabr kuni soat 17:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. A.Navoiy mahallasining guruhida online tarzda bo'lib o'tadi. Eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchi diplom bilan taqdirlanadi.
🕰 Viktorina bo'lib o'tadigan vaqt:
Bugun soat 17:00da.
🔘 Barchangizni viktorinada kutib qolamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi "2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun
🔘Turli ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar
🔘Munozara kechasi,
🔘Mahorat darslari,
🔘Davra suhbatlari,
🔘Videoroliklar namoyishlari,
🔘Audio ertaklar tanlovi,
🔘Yangi adabiyotlar ko'rgazmasi,
🔘Rasmlar va insholar tanlovlari,
🔘Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi.
📖Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlaga taklif etamiz.
🔘Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi.


Barcha tumanimiz aholisini joriy yilning noyabr oyi davomida "Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallariga chorlab qolamiz.
Jizzax viloyat hokimligining 2025-yilning 10-oktyabr sanasi bilan "Kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish maqsadida
⏩" Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi №05-1372-sonli yig‘ilish bayoni imzolandi.
☑️Yig‘ilish Bayoniga asosan viloyatimizda oktabr-dekabr oylarida "Kitobxonlik oyliklari" tashkil qilinadi.
☑️"Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
☑️Tumanimiz aholisi va barcha kitobxonlarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.


Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbirlar, kitob koʻrgazmalari bo’lib o’tadi.
Ushbu tadbirlarda barchangizni kutib qolamiz.


Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi "21 QADAM" sovrinli loyihasiga start beradi. Loyiha ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich AUDIO HIKOYA SHE'RLAR tanlovi asosida oʻtkazilib, 25-iyulga qadar audio she`r va hikoyalar qabul qilinadi.

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida 9-14-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan kitobxonlik tadbirlari, tanlovlar va turli loyihalarda ishtirok etishda faollikka chorlaymiz. Kutubxonaga tashrif buyuring va haftalik doirasidagi tadbirlarda siz ham faol ishtirok eting!

Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida 21-27-aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostidagi an'anaviy V Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi. Barchangizni ushbu haftalik doirasida oʻtkazilgan tadbirlarga taklif etib qolamiz.


Kutubxona gurungi loyihasining navbadagi soniga barcha kitobxonlarni taklif etamiz