"Kitob – bilimlar kaliti" nomli kutubxona sayohati tashkil etildi.
Joriy yilning 30-iyul sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Kitob – bilimlar kaliti" nomli kutubxona sayohati tashkil etildi.
📝Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi, o‘quv zali hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 📖Shuningdek, ularga Axborot-kutubxona markazida amalga oshirilayotgan "Omadli kitobxon" loyihasining maqsadi, shartlari va unda ishtirok etish tartibi tushuntirildi.
sayohat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, kutubxonadan foydalanish tartibi va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


