Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Narbayev O`tkirbek Kushkar o`g`li
- Xizmat haqida ma’lumot
Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Markazning dasturiy va texnik ta’minotlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
Elektron kutubxonani shakllantirish bo‘yicha reja ishlab chiqib ularni amalga oshiradi;
markazda yaratiladigan raqamli kitoblar, audio va video resurslarning butun saqlanishini ta’minlaydi;
2.Server va tarmoq infratuzilmalari, dasturiy ta’minotlarining xatoliklarsiz doimiy va bir maromda ishlashini boshqaradi, monitoring qilib boradi, xizmatlaridagi xatoliklarni o‘z vaqtida tez va aniq bartaraf etadi;
markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirishda joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, mavjud kompyuter parkidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi;
3.Foydalanuvchilarning markaz veb saytiga uzluksiz kirishini ta’minlaydi;
markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnik qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha axborot-kutubxona xodimlariga maslahat va amaliy yordam ko‘rsatadi;
4. Tizim va dasturiy ta’minotlarni o‘rnatadi va qo‘llab-quvvatlaydi;
texnik va dasturiy mablag‘larning marketing tahlili, ularni modernizasiya qilish bo‘yicha takliflar asosida Markaz ehtiyojlari uchun texnik-dasturiy va boshqa texnik vositalarini sotib oladi;
5.Markazning kompyuter uskunalari va boshqa texnik vositalari hisobini yuritadi va pasportlashni tashkil etadi;
6.Xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda rejalarni ishlab chiqadi va bajaradi, haftalik, oylik, kvartal, yillik hisobotlarni tayyorlab boradi;
raqamlashtirilgan resurslarga (kitob, gazeta, jurnal, albomlar, xaritalar, qo‘lyozmalar, nota nashrlar va boshqalar) ishlov berishni amalga oshiradi;
7.Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bog‘lash va to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
8.Boshqa tashkilot va muassasalarga bosma resurslarni raqamlashtirish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatadi;
9.Soha bo‘yicha o‘quv seminarlarida ishtirok etadi.