Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati
Qambarova Zarifa Xolmahammatovna
-Xizmat haqida ma’lumot
1. Foydalanuvchilar madaniy, bilim olishlariga bo‘lgan ehtiyojini AKM o‘quv zallarida axborot xizmat ko‘rsatish asosida qondiradi, umumta’lim jarayonini tashkil etadi, o‘quv zallari va AKM veb-saytida kitob-rasmli ko‘rgazmalar (mavzuli, yangi nashrlar)ini tashkil etish orqali aholining jamiyat madaniy merosi bilan tanishtiradi;
2. Foydalanuvchilarga o‘quv zallarida bosma, elektron, audiovizual axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tashkil qiladi va turli xizmat turlarini uyg‘unlashtirgan holda foydalanuvchilarning talablariga javob beradi;
3. Milliy maьnaviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni taьminlash, maьnaviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi;
4. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etadi, innovasion g‘oyalar va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtiradi, ulardan foydalanishni muvofiqlashtiradi, tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi;
5. Foydalanuvchilarga yangi kompyuter texnologiyalari, elektron resurslar, elektron axborot tashuvchilar orqali ishlashni ta’minlaydi;
elektron resurs fondini tuzadi, elektron kitoblar, ensiklopediyalar va boshqa resurslar bilan boyitib boradi;