" Zulfiyaxonim qizlari " nomli bellashuv tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlikda she'riyat malikasi, sadoqat kuychisi xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning tavalludi munosabati bilan " Zulfiyaxonim qizlari " nomli bellashuv tashkil qilindi. Bellashuvda 7 ta guruh qizlari 5 ta shart bo'yicha bellashishdi. Bellashuv davomida o'zining har sohada bilimini , iqtidorini , maxoratini namoyon etib, faxrli 1- o'rinni 9 - v sinf. , 2- o'rinni 8 - v sinf , 3 o'rinni 9- b sinf qizlari egallashdi. Qolgan ishtirokchilar faol qatnashishdi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.