Zulfiyaxonim qizlari nomi tanlov bo`lib o`tdi
Joriy yilning 5 noyabr sanasida Do'stlik tuman Barkamaol avlod bolalar markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini ko'rib chiqish maqsadida tanlov tashkil etildi. Tanlov doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga mansub kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.