“Zulfiya – qalblar kuychisi” nomli she’riyat kechasi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
2026-yilning 27-fevral sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar va “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida taniqli shoira, jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi, Do‘stlik ordeni sohibasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab “Zulfiya – qalblar kuychisi” nomli she’riyat kechasi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir davomida Zulfiyaning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, o‘quvchilar esa shoiraning ajoyib she’rlarini yod oldilar. Qizlar ijrosida raqslar namoyish etildi va sahnada “Zulfiya yodi barhayot” nomli sahna ko‘rinishi bilan Zulfiyaning hayoti gavdalantirildi.
Shuningdek, kecha davomida Zulfiyaning ijodidan savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga yoqdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.
Umumiy hisobda tadbirda 50 nafardan ortiq kitobsevar o‘quvchilar ishtirok etdi.



