“Ziyo sari bir qadam” loyihasining final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Ziyo sari bir qadam” loyihasining final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha Do‘stlik tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi, MMT bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.
➡️Tanlovning final bosqichida bugun 1-3-10-11-15-maktablar hamda ixtisoslashtirilgan maktabdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar 4 ta shart asosida o‘zaro bellashib, bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 1-oʻrinni, 10-maktab jamoasi 2-oʻrinni va 3-maktab jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
➡️ Tanlov yakunida gʻolib jamoalar va barcha ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.





