“Ziyo sari bir qadam” loyihasining 3-kuni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Ziyo sari bir qadam” loyihasining 3-kuni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha Do‘stlik tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi, MMT bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.
➡️Tanlovning saralash bosqichida bugun 13-14-15-18-20-maktablar hamda ixtisoslashtirilgan maktabdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar uchta shart asosida o‘zaro bellashib, bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Ixtisoslashtirilgan va 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
➡️Final bosqichi 10-mart kuni soat 10:00 da Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtadi va finalda 1-3-10-11-15 va ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari oʻzaro bellashadi. Gʻolib jamoalar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.




