Zavqiyning 165 yilligiga bag'ishlab davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning faol kitobxon o‘quvchilari ishtirokida o'zbek adabiyotining lirik shoirlaridan Zavqiyning 165 yilligiga bag'ishlab davra suhbati tashkil qilindi. Dastlab tadbirda Zavqiyning she`riy to'plamlariga va ijodiga sharx berilib o'tilib, so`ng o`quvchilarga shoirning ijodiy mahsullari bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.