"Zamonaviy texnologiyalar rivojlanish garovidir" nomli tadbir tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablarning kutubxonachilari va faol kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Zamonaviy texnologiyalar rivojlanish garovidir" nomli tadbir tashkil qilindi. Dastlab tadbirda axborot kutubxona markazida zamonaviy texnologiyalarning tutgan oʻrni, axborot xavfsizligi va elektron kitoblardan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek yangi joriy qilingan "21 qadam" loyihasining mazmun mohiyati haqida ham maʼlumotlar berilib, keyingi bosqichlarda barcha kitobxonlarni faol ishtirok etishliklari aytib oʻtildi. Tadbirda 15 nafar oʻquvchi va ustozlar ishtirok etdi.