Zakovat jamoalari o‘rtasida “O‘quvchilar ligasi” tashkil etilmoqda.
Chinobod mahallasi hududida joylashgan 2-, 14- va 18-maktab o‘quvchi yoshlaridan tuzilgan zakovat jamoalari o‘rtasida “O‘quvchilar ligasi” tashkil etilmoqda.
Liga o‘yinlari vaqti va joyi:
🗓 Har hafta juma kuni
🕑 Soat 14:00 da
📍 Tuman kutubxonasi binosida
👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi va har bir jamoa maksimal 6 nafar a’zodan iborat bo‘lishi lozim.
🏆 Mavsum yakunida g‘olib jamoa diplom, esdalik sovg‘alari hamda ko‘chma chempionlik kubogi bilan taqdirlanadi.