“Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish rejalashtirildi.
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Do'stlik tuman bolinmasi bilan hamkorlikda ustozlarning bilim va intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan “Ustozlar davrasi” nomli ikki bosqichli “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish rejalashtirildi.
🔴Shu munosabat bilan joriy yilning 25-sentabr kuni “Ustozlar davrasi” Zakovat intellektual o‘yinining saralash bosqichi 2-kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 6-,8-,9- va 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ustozlar jamoalari ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik, bilim va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘zaro bellashdilar.
✅Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rinni egalladi hamda musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
💬Intellektual bellashuv davomida ustozlar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki jamoaviy fikrlash, hamjihatlik va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdilar.



