"Zakovat " intellektual o`yini tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari bilan hamkorlikda "Zakovat " intellektual o`yini tashkil qilindi. Mazkur intellektual o`yinda ikki jamoa uchun qiziqarli va mantiqiy mazmundagi savollar o`rtaga tashlandi. Berilgan 10 ta savollarga ikkala jamoa a`zolari o`zaro kelishgan holda o`z javoblarini berishdi va yakuniy natijaga Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari yaqqol peshqadam bo`lgan holda g`oliblikni qo`lga kiritishdi. Ushbu Zakovat intellektual o`yini barchada birdek iliq taassurot uyg`ota oldi.