“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 23-noyabr kuni Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi hamda 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida faol o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
✨Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda jami 5 ta jamoa o‘z bilimlari, topqirligi, mantiqiy fikrlashi va tezkor javob berish mahoratini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zukkolар” jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zaro bilim almashish, jamoada ishlash va intellektual salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



