Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-mart sanasida “Bunyodkor” MFY hududida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan mahalla bilimdonlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda 9-maktab jamoasi, mahalla madaniyat jamoasi hamda mahalla faollaridan iborat jamoalar oʻz bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahs jarayonida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkorlik hamda bilimdonlik borasida yuqori faollik namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, 9-maktab jamoasi faxrli 1-oʻrinni, madaniyat jamoasi 2-oʻrinni hamda mahalla jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib va faol ishtirokchilar Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazining faxriy diplomlari bilan taqdirlandilar.




