Zakovat intellektual o'yini oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Axborot texnologiyalari" haftaligi va "Dolzarb 90 kun" yoshlar oyligi doirasida shahar mahalla yoshlari ishtirokida Zakovat intellektual o'yini oʻtkazildi. Ushbu Zakovat intellektual o'yini bahs munozaralarga boy boʻlib, yakunda Chinobod MFY yoshlar jamoasi eng koʻp savollarga javob berib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 150 ming soʻm pul mukofati, diplom bilan taqdirlandi. Qolgan jamoalarga ham faol ishtiroki uchun Diplom taqdim etildi.