Zakovat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Do‘stlik tumani yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Yoshlar dasturi” ga asosan Axborot- kutubxona markazi tomonidan chora- tadbir rejasi ishlab chiqilgan.Chora- tadbir rejasiga asosan Do‘stlik Akm mutaxassislari tomonidan mahallalarda turli kitobxonlik tadbirlari tashkil qilinishi belgilab olingan.Bugun 2022-yil 13-iyul sanasida Chinobod MFYdagi Nuroniylar ko'chasi aholisi o'rtasida kechki dam olish vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi. Zakovat intellektual o'yinida turli mavzulardagi savollar o'ynaldi.Zakovatda 12 ta savoldan 7tasiga to'g'ri javob bergan "Chinobod" jamoasi g'olib bo'ldi.Ertaga soat 19:00da yutgan jamoa navbatdagi jamoa bilan bellashadi.Zakovat g'oliblari Do‘stlik Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlanadi.Axborot- bibliografiya xizmati rahbari M.A.Raximova.