"Yuz yil umr koʻrsam, yuz yil she'r yozsam" deya nomlangan she'riyat kechasi tashkil qilindi.
Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi, jurnalist Saida Zunnunova tavalludi munosabati bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida "Yuz yil umr koʻrsam, yuz yil she'r yozsam" deya nomlangan she'riyat kechasi tashkil qilindi. She'riyat kechasida shoiraning serqirra ijodi va hayoti haqida ma'lumot berildi. Barcha ishtirokchilar tomonidan dilga yaqin she'rlari mehr bilan ijro qilindi.