“Yuraklardan joy olgan satrlar” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Yuraklardan joy olgan satrlar” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada shoirning 40 dan ortiq turli mavzularga bag‘ishlab yozilgan asarlari va adabiyotlari kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
