“Yubiley kitoblar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Yubiley kitoblar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur namunalari, yozilganiga 50, 60, 100 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan, bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan bebaho asarlar o‘rin oldi.
⚡️Ushbu ko‘rgazma orqali kitobxonlarni adabiyotimizning nodir durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, unutilmas asarlarni qayta mutolaa qilishga undash hamda yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsad qilindi.
♻️Zero, haqiqiy asarlar yillar o‘tsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotmaydi, avloddan avlodga ma’naviy meros bo‘lib o‘tadi.
Yaxshi kitobning umri uzoq, uning qadri esa abadiydir!
