"Yoshlikda olingan bilim toshga òyilgan naqsh kabidir" nomli tadbir tashkil qilindi.
Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shunday ekan 30 - iyun Yoshlar kuni munosabat bilan Dòstlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1 - maktab lageridagi òquvchilar ishtirokida kitobxonlikni keng tarģib qilish hamda yoshlar vaqtini mazmunli òtkazish maqsadida "Yoshlikda olingan bilim toshga òyilgan naqsh kabidir" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida qiziqarli savol-javoblar, har xil bellashuvlar, ajoyib òyinlar hamda Xudoyberdi Tòxtaboyevning "Sariq devning òlimi" asari taqdimoti bòlib òtdi. Tadbir barchaga birdek manzur bòldi. Tadbirda 35ta yoshlar faol qatnashdi.