“Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining faol kuchi” mavzusida siyosiy davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-avgust kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona doirasida Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirokida “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining faol kuchi” mavzusida siyosiy davra suhbati tashkil etildi.
🗣 Davra suhbatida yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, o‘z huquq va burchlarini bilish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki haqida fikr almashildi.
🇺🇿 Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Bugungi yoshlar — ertangi kun bunyodkorlari!



