“Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyodkorlari”nomli kvest jamoaviy o’yini tashkil etildi.
Joriy yilning 30-iyun sanasida Do’stlik tuman axborot kutubxona markazi hodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyodkorlari”nomli kvest jamoaviy o’yini tashkil etildi.
Yoshlar yurtimizning eng katta boyligi, kelajagimizning ishonchli tayanchi va taraqqiyotimizning bunyodkor kuchidir. Bugungi kvest jamoaviy o’yinidan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodning bilim, tafakkur,topqirlik, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish qobilyatini oshirish, Vatanga muhabbat, kitobxonlik va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishdir.
Bugun o’quvchilar bir biridan qiziqarli shartlar asosida tashkil etildi. Kvest jamoaviy o’yini ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Ushbu kvest o’yinida 12 nafar kitobxon o’quvchilar qatanshdilar.

