“Yoshlar va siyosiy faollik” mavzusida siyosiy soat tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 23-oktyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida “Yoshlar va siyosiy faollik” mavzusida siyosiy soat tadbiri tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatli, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar sifatida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, fuqarolik burchi, Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, dolzarb mavzular yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.Tadbirda jami 20 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.
