"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida Kitobxonlik kuni tashkil qilindi.
Joriy yilning 8-yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Do'stlik tuman hokimligi bilan hamkorlikda tuman bo‘ylab targ'ibot ishlarida ishtirok etib "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida Kitobxonlik kuni tashkil qilindi.Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish,kitobxonlar sonini ko'paytirish kutubxonalarga sayohatlar tashkil qilish haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.Shundan so‘ng Jizzax viloyati ijodkorlarining hayoti va ijodi, kitoblari haqida gapirilib avvalambor bor har bir inson o'zi yashab turgan joyning yozuvchilarini bilishi zarurligi aytib o'tildi. Jumladan kutubxona faoliyati , olib borilayotgan ishlar, kitob fondi, kitobxonlar haqida ham ma'lumotlar berildi.Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining savollariga javob berildi. Shuningdek oilada kitob o'qish ishlarini yo'lga qo'yish haqida ham takliflar bildirildi.