"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida Kitobxonlik kuni davom etmoqda.
Joriy yilning 8-yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Do'stlik tuman hokimligi bilan hamkorlikda tuman bo‘ylab targ'ibot ishlarida ishtirok etib "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida Kitobxonlik kuni Chinobod MFY hududida joylashgan 2 -umumiy o'rta ta'lim maktabining tadbirlar zalida tashkil qilindi.Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish,kitobxonlar sonini ko'paytirish kutubxonalarga sayohatlar tashkil qilish haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.Shundan so‘ng Jizzax viloyati ijodkorlarining hayoti va ijodi ,kitoblari haqida gapirilib avvalambor bor har bir inson o'zi yashab turgan joyning yozuvchilarini bilishi zarurligi aytib o'tildi.Jumladan kutubxona faoliyati , olib borilayotgan ishlar, kitob fondi, kitobxonlar haqida ham ma'lumotlar berildi.Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining savollariga javob berildi.Tadbirda yig'ilganlarni takliflari o'rganib chiqildi.Axborot -kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan oila davrasida vatanparvarlik hamda kitoblar haqida albatta suhbat qilish kerakligi eslatib o‘tildi.