"Yoshlar shaharchasi" ochilishi munosabati bilan Zakovat intellektual oʻyini tanlovi o'tkazildi.
Joriy yilning 27-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar shaharchasi" ochilishi munosabati bilan tumandagi barcha maktablarning eng faol o'quvchilari ishtirokida kitobxonlik savodxonligini oshirish va intellektual salohiyatini mustahkamlash maqsadida Zakovat intellektual oʻyini tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 8 ta maktab jamoalari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu Zakovatda 1-oʻrinni 13-maktab jamoasi, 2-oʻrinni 20-maktab jamoasi, 3-oʻrinni 18-maktab jamoasi qoʻlga kiritdi.



