"Yoshlar innovatsion maydoni"da "Madaniyat karvoni" madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Do‘stlik tumani markazidagi "Yoshlar innovatsion maydoni"da "Madaniyat karvoni" madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda turli sport musobaqalari, adabiyot ko‘rgazmalari va turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birgalikda poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh taniqli xonandalar tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi. Ijro etilgan sho‘x taronalar bayram ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi. "Madaniyat karvoni" Do‘stlik tumani aholisi, ayniqsa, Yangi O‘zbekiston yoshlarini yana bir bor yagona maqsad, yuksak orzu umidlar yo‘li dalil qadam tashlash uchun birlashtirdi.