" Yoshlar huquqlari kelajak avlodlar uchun " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Mamlakatimizda inson hayoti, erkinligi, shani, qadr- qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisobladi. Aytish joizki inson huquqlari doirasida bir qator tadbirlar, ijodiy kechalar, turli uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Ana shunday mavzuda bugun Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida ham 18- maktab o'quvchilari ishtirokida " Yoshlar huquqlari kelajak avlodlar uchun " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o'quvchilarga yangi Konstitutsiyasi, huquqiy adabiyotlar, Prezident asarlari haqida tushunchalar berilib, huquqiy savodxonlik doirasida qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi. Davra suhbatida 22 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.