“Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “Varraklar jilosi” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubining “Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “Varraklar jilosi” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Varrak bahor faslining eng quvnoq va betakror ramzlaridan biri bo‘lib, uni rasmlarda aks ettirish orqali o‘quvchilar tabiat go‘zalligi hamda bolalikning beg‘ubor quvonchini ifoda etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z ijodida rang-barang va chiroyli varraklarni tasvirlab, o‘z mahoratini namoyon qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Usmonova Ozoda 1-o‘rinni, Abdulhakimov Shahriyor 2-o‘rinni hamda Bahriddinov Xasan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur rasmlar tanlovida jami 18 nafar o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.


