" Yosh qalamkashlar" guruhi a'zolari ishtirokida " Ranglarda erkinlik" nomli rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 2-fevral sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolarining " Yosh qalamkashlar" guruhi a'zolari ishtirokida " Ranglarda erkinlik" nomli rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu rasmlar tanlovida o'quvchilar ixtiyoriy ravishda o'zlari xohlagan rasmlarni chiroyli va rang-barang tarzda qog'ozlarga tasvirladilar. Bunda har bir o'quvchi o'zlarining fantaziyasiga ko'ra tasavvuridagi har xil mavzuda rasm chizishni boshladilar. Bu rasmlar tanlovida barcha o'quvchilar o'z rasmlarini chiroyli tasvirladilar va tanlov so'nggida eng chiroyli rasm chizgan tanlov g'olibi Usmonova Ozoda kutubxona markazi tomonidan estalik sovg'asi bilan taqdirlandi. Tanlovda 18 nafar faol kitobxonlar ishtirok etishdi.



