“Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “Onam bilan men” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 23-fevral sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda kitobxonlar klubining “Yosh qalamkashlar” guruhi a’zolari ishtirokida “Onam bilan men” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — onalar va farzandlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat va samimiy tuyg‘ularni yanada mustahkamlash, farzandlarda onalarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni kuchaytirishdan iborat. Ishtirokchilar tomonidan chizilgan rasmlarda nafaqat bir lahzalik quvonch, balki cheksiz mehr, e’tibor va fidoyilik mujassam bo‘ldi.
Tanlov yakunida eng faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida 18 nafar faol kitobxon ishtirok etdi.

\
