Yosh olim va tadqiqotchilar ishtirokida ochiq osmon ostida davra suhbati bo'lib o‘tdi.
Joriy yilning 21-avgust sanasida Do‘stlik tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot-kutubxona markazi hamkorligida Yosh olim va tadqiqotchilar ishtirokida ochiq osmon ostida davra suhbati bo'lib o‘tdi. Davra suhbati avvalida kutubxona xodimlari iqtidorli yoshlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ularni kutubxona bilan yana bir bora tanishtirib o'tdilar. Davra suhbati davomida ularni qanday kitobni o'qib chiqqanligi haqida ham savol- javoblar o‘tkazishdi.Shundan so‘ng N.Norqobilovning "Paxmoq"asari sharhlab berildi.
Kitobxonlikka bag'ishlangan davra suhbatidan so‘ng tuman hokimi Sh.T.Darveshov Yoshlar bilan suhbatlashdi.