Yosh kitobxon
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma`naviyat va Ma`rifat markazi Do`stlik tuman bo`limi hamkorlikda Mustaqillikning 31-yilligi arafasida tashkil qilingan tadbirlardan biri "Yosh kitobxon" ko`rik tanlovi bo`lib unda 11 nafar maktab o`quvchilari 3 ta shart bo`yicha bellashdilar.Tanlov shartlari maktab darsliklarida hamda mustaqil o`qilgan adabiyotlardan tuzilgan bo`lib ishtirokchilarga shartlar manzur bo`ldi.Tanlovda eng yuqori natijani qo`lga kiritgan 3 nafar o`quvchi g`olib bo`ldi.G`olib o`quvchilar ham Respublika Ma`naviyat va Ma`rifat markazi Do`stlik tuman bo`limi tomonidan estalik sovg`alar bilan taqdirlandi.Tanlov ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.