“Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash arafasida “Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, unda 100 ga yaqin turli yo‘nalishdagi kitoblar namoyish etildi. Ko‘rgazmadan joy olgan adabiyotlar tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga yaqindan tanishtirildi. Kitobxonlarda milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasiga oid adabiyotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida kitoblar mazmuni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ko‘rgazma tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otib, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.



