Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida “Kasbiy hamjihatlik va madaniy hordiq” deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 6-noyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Do‘stlik tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida “Kasbiy hamjihatlik va madaniy hordiq” deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
🟢Sayohat davomida mehmonlar markazning elektron o‘quv zali faoliyati, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari hamda kutubxona fondidagi turli adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, elektron resurslardan samarali foydalanish va mutolaa orqali bilimlarni oshirish haqida ma’lumotlar berildi.



