"Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi" Respublika ko'rik tanlovi
30-sentabr kuni Jizzax viloyat AKM da "Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi" Respublika ko'rik tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Unda jizzax shahar, viloyat tuman AKM laridan tashrif buyurgan jami 16 nafar ishtirokchi bellashishdi. Tanlov 2 shart asosida ya'ni online test va booktuber yo'nalishida o'tkazildi. Tanlov qizg'in baxs va munozaralarga boy bo'ldi. Yakuniy xulosaviy natijalar hamda to'plangan Ballar bo'yicha Mirzacho'l TAKM 3-o'rin, Do'stlik TAKM 2-o'rin va Respublika bosqichiga yo'llanma olgan Arnasoy TAKM 1-o'rinni egalladi. Tadbir so'nggida g'olib ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.