"Yer yuzida tinchlik bo`lsin" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Yer yuzida tinchlik bo`lsin" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Tanlovda o'quvchilar maroq bilan ishtirok etib, o`z mahoratlarini sinovdan o`tkazishdi va tanlov yakunida g'oliblar AKM tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.