"Yashirin soʻz" nomli viktorina tanlovi tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxonlar va IT markaz oʻquvchilari ishtirokida "Yashirin soʻz" nomli viktorina tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar uchun umumiy 20 ta Axborot texnologiyalariga oid soʻzlar yashirin tarzda taqdim etildi. Oʻquvchi va yoshlar ushbu yashirin soʻzlariga oʻz zukkoliklari va bilimlarini namoyon etib, birin-ketin javoblar berishdi. Ushbu tanlovda barcha kitobxon yoshlar birdek faol ishtirok etishdi. Tanlov soʻnggida ushbu yashirin soʻzlarning mazmun mohiyati haqida ham qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Ushbu tanlovga 15 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.