“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida ma’naviy-madaniy targ‘ibot tadbirlari
Viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida ma’naviy-madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Unda el suygan ijodkorlar, san’at va madaniyat namoyondalari aholi bilan uchrashib, yuzma-yuz muloqotlar qilishmoqda, diltortar musiqiy dasturlar, she’rxonliklar tashkil etilyapti. Shunday tadbirlar Do‘stlik tumanida ham bo‘lib o‘tmoqda.