“Yangi O‘zbekiston yoshlari — kelajak poydevori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 20-avgust sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari — kelajak poydevori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmadan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik, ilm-ma’rifat, zamonaviy bilim va kasb-hunarga intilish, milliy qadriyatlar hamda yurtimizning bugungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.

