“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot yoʻlida” nomli siyosiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot yoʻlida” nomli siyosiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarning siyosiy bilimlarini kengaytirish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan adabiyotlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada davlat va jamiyat boshqaruvi, konstitutsiyaviy tamoyillar, fuqarolik jamiyati, siyosiy jarayonlar hamda xalqaro huquq masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlari namoyish etildi.
