"Yangi Oʻzbekiston – taraqqiyot va islohotlar sari" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi va ma'naviy-ma'rifiy suhbat tashkil etildi.
Joriy yilning 8-iyul kuni Doʻstlik tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFYda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati oldidan "Yangi Oʻzbekiston – taraqqiyot va islohotlar sari" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi va ma'naviy-ma'rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, qonunchilikdagi yangiliklar hamda Prezidentimiz asarlari va davlat siyosatiga oid adabiyotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Koʻrgazmada namoyish etilgan kitoblar mazmun-mohiyati yuzasidan tavsiyalar berilib, kitobxonlar bilan qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish hamda yoshlar va keng jamoatchilikni mutolaaga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


