"Yangi Oʻzbekiston bunyodkori" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning tavallud kuni munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkori" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.Bunda Prezidentimizning hayot yoʻli va rahbarlik faoliyatlari,bugungi kunda amalga oshirib kelayotgan islohotlari,mustaqillikning qadri, xalqning tinch totuv hayoti haqida soʻzlab berildi.
Shuningdek tadbirda bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonning naqadar yangicha tusga kirib borayotganligi, xalqimizning azaliy orzulari roʻyobini topgani ham soʻz soʻngida aytib oʻtildi.
Davra suhbatida 11 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.


