"Yangi O'zbekiston armiyasi mamlakat tayanchi -xalqimiz faxri " nomli tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 9-yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida yoshlarning bo'sh ta'til vaqtini unumli o'tkazish maqsadida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi mamlakat tayanchi -xalqimiz faxri " nomli tadbir tashkil qilindi.Tadbirda o'quvchilarga "Alpomish" dostoni haqida sharh berib o'tildi.Tadbir davomida o'quvchilar guruhlarga bo'linib, arqon tortish, qiziqarli viktorina, savol-javoblar, kuy va qo'shiq raqs o'yinlari asosida oʻzaro bellashishdi. Tadbir bahs munozaraga boy bo'lib, 14 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.