"Yangi hayot uchun,yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida tadbir bo`lib o`tdi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari o'rtasida Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun,yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida zakovat intellektual o`yini va rasmlar tanlovi, qiziqarli savol-javob o`yinlari bo'lib o'tdi. Zakovat intellektual o`yinida Zukkolar va Kitobxonlar jamoasi o`zaro bellashib, Zukkollar jamoasi g'oliblikni qo`lga kiritdi. G'olib bo'lgan jamoa axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tadbir bahs va munozaraga boy bo'ldi.