Yangi adabiyotlar – kitobxonlar e’tiborida
Yangi adabiyotlar – kitobxonlar e’tiborida
Joriy yilning 13-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi fondiga olingan 195 nomdagi jami 750 nusxadan iborat yangi adabiyotlar bilan talaba yoshlar yaqindan tanishtirildi.
Mazkur yangi kitoblarni kitobxonlarga keng targ‘ib qilish maqsadida kutubxonada navbatdagi ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Tashkil etilgan ko‘rgazma kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.



