Yangi adabiyotlar – kitobxonlar e’tiborida
Yangi adabiyotlar – kitobxonlar e’tiborida
✅Joriy yilning 30-mart sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 195 nomdagi jami 750 nusxadan iborat yangi adabiyotlar kelib tushdi.
Mazkur yangi kitoblarni kitobxonlarga keng targ‘ib qilish maqsadida kutubxonada maxsus ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Tashkil etilgan ko‘rgazma kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.



