“Xurshid Doʻstmuhammad ijodi — maʼnaviy tafakkur koʻzgusi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 29-dekabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida oʻzbek adabiyotining taniqli yozuvchisi Xurshid Doʻstmuhammad ijodiga bagʻishlangan “Xurshid Doʻstmuhammad ijodi — maʼnaviy tafakkur koʻzgusi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy adabiyotimiz namoyandalarining ijodini targʻib etish maqsadida oʻtkazildi.
Davra suhbati davomida adibning hayot yoʻli, ijodiy faoliyati va oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Xususan, yozuvchining mashhur “Yuz yillik qotillik qissasi” asari batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur qissa orqali muallif inson taqdiri, jamiyat va shaxs oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib bergani, oʻquvchini befarq boʻlmaslikka, atrofdagi voqealarga ongli munosabat bildirishga chorlagani alohida taʼkidlandi.
Mazkur davra suhbati talabalarning adabiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



